Yangiliklar
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tafsilotlar
Tozalik va sanitariya — doimiy e’tiborda
“Trust Standart” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi tomonidan maxsus chiqindi yig‘ish shoxobchalarida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar chiqindi yig‘ish joylarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, tozalikni ta’minlash hamda aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.
Maxsus chiqindi yig‘ish shoxobchalarining doimiy ravishda tozalanib, dezinfeksiya qilinishi atrof-muhit musaffoligi va sanitariya holatini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


